
Avstraliya $2,76 mlrd mablag‘ ajratib, AQSh va Buyuk Britaniya bilan trilateral AUKUS mudofaa paktiga muvofiq yadro quvvatli suvosti kemalari uchun kemasozlik zavodini qurishni davom ettiradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
2021-yilda e’lon qilingan AUKUS Avstraliyaning eng yirik mudofaa investitsiyasi hisoblanadi. Rejaga ko‘ra, 2027-yildan boshlab AQSh boshqaruvidagi Virginia sinfidagi suvosti kemalari Avstraliyada joylashtiriladi. Taxminan 2030-yildan boshlab bir nechta Virginia sinfidagi suvosti kemalari Avstraliyaga sotiladi va Buyuk Britaniya bilan Avstraliya yangi yadro quvvatli suvosti kemalari sinfini birgalikda quradi.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, zavodning umumiy qurilish qiymati keyingi o‘n yilliklarda 30 milliard Avstraliya dollarini tashkil etadi. Osborne shahrida Avstraliyaning ASC kompaniyasi va Buyuk Britaniyaning BAE Systems hamkorlikda kemalar flotini quradi. Hozircha zavod mavjud Collins sinfidagi suvosti kemalariga xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvan ilk mahalliy suv osti kemasini dengiz sinovidan o‘tkazgan edi.