Ayrim hududlarda 16-17-fevral kunlari sel xavfi e’lon qilindi — ro‘yxat
eʼlon qilindi
Shu hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar va harakatlanayotgan haydovchilar ehtiyot choralarini ko‘rishi tavsiya etiladi

16-17-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqinlari ehtimoli mavjud. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ayrim tumanlar va shaharlar xavf ostida. Shu hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar va harakatlanayotgan haydovchilar ehtiyot choralarini ko‘rishi tavsiya etiladi.
Gidrometeorologlar, yomg‘ir suvlarining to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligini ogohlantirmoqda.
| Viloyat | Xavf ostidagi tuman/shaharlar |
|---|---|
| Qashqadaryo | Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor |
| Surxondaryo | Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot |
| Samarqand | Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon |
| Navoiy | Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana |
| Jizzax | Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod |
| Toshkent | Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Angren, Olmaliq |
| Namangan | Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on |
| Farg‘ona | So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq |
| Andijon | Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat, Xonabod |
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buxoro viloyatida hafo sifati yomonlashgani haqida yozgandi.