
Almatida avtobloger Roman Maslennikov tomonidan yangi BYD Leopard Titanium 7 sinovdan o‘tkazildi. Maqolada modelning texnik xususiyatlari haqida so‘z boradi.
5 soniya va 2,5 tonna
1,5 litrli turbo dvigatel 156 ot kuchi beradi va generator sifatida ishlaydi. Bundan tashqari, ikkita elektromotor bor. Umumiy quvvat 500+ ot kuchiga yaqin. 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish taxminan 5 soniya.

Mashina og‘ir. Umumiy massa qariyb 2,5 tonna. Uzunligi besh metrga yaqin. Shunga qaramay boshqaruvi yengil ekani ta’kidlandi. Katta disklarda ham yurishi yumshoq.
Qishda elektr masofasi va sarf
Pasport bo‘yicha elektr yurish zaxirasi 190 km gacha. Ammo qish bunga ta’sir qiladi. Egasi sovuqda maksimal 40 km atrofida yurishini aytgan.

Zaryad asosan tezkor stansiyada amalga oshiriladi. To‘liq quvvat olish bir soatcha davom etadi. Bak hajmi 60 litr. Shaharda yetarli, biroq sovuqda tejamkorlikdan mo‘jiza kutmaslik kerak.
Klirens va osma tizimi
Pastki nuqtada klirens 227 mm atrofida. Osma tizimi pnevmatik emas. Biroq elektron boshqariladigan amortizatorlar bor. Old qismda murakkabroq sxema, orqada ko‘p richagli tizim qo‘llangan. Lak-bo‘yoq qalinligi 100–120 mikron. Kuzov galvanizatsiya qilingan.
Salon va jihozlar
Ichkarida 20 ta dinamik, yirik multimedia ekrani mavjud. Ustida lidar joylashgan. Bagaj hajmi qariyb 970 litr.
Interfeys rus tilida emas, asosiy menyu ingliz tilida. Bagaj plastiklari utilitar, tez tirnaladi.

Narx va bozor bahosi
Xitoyda model narxi taxminan 220 ming yuan (taxminan $30,5 ming). Komplektatsiya va yetkazib beruvchiga qarab farq qiladi.
Hajmi bo‘yicha uni Hyundai Santa Fe bilan taqqoslashadi. G‘oyasi jihatidan esa Li Auto L9 kabi flagman gibridlarga yaqin. Bu yerda to‘liq privod, yuqori quvvat va boy jihoz uyg‘unligi asosiy ustunlik hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Geely sotuvlar bo‘yicha BYD’ni ortda qoldirgani haqida yozgan edi.