BYD Song Ultra elektromobili qanday narxda sotiladi

16-fevral 2026 12:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD Song Ultra elektromobili qanday narxda sotiladi
Foto: BYD

BYD kompaniyasi yangi o‘rta hajmli BYD Song Ultra elektromobilini Xitoy bozoriga olib chiqmoqda. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi. Modelning boshlang‘ich narxi $26 mingga teng.

Savdo maqsadi va pozitsiyasi

Foto: BYD

BYD Dynasty seriyasi rahbari Song Ultra EV oyiga 20 mingdan ortiq dona sotishni maqsad qilganini bildirgan. Model Song liniyasidagi eng katta avtomobil hisoblanadi. U DiPilot 300 yordamchi haydash tizimi bilan jihozlanadi. God’s Eye B deb ataluvchi ushbu tizim zamonaviy xavfsizlik va yarim avtonom funksiyalarni taklif qiladi.

O‘lcham va dizayn

Song Ultra EV kuzov o‘lchamlari 4850 mm uzunlik, 1910 mm kenglik va 1670 mm balandlikni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 2840 mmga teng. Avtomobil og‘irligi 1990 – 2050 kg oralig‘ida. Uzunligi 4,8 metrdan oshgan bo‘lsa-da, ichkarida ikki qator o‘rindiq mavjud. Qiya tom chizig‘i modelga sportiv ko‘rinish beradi. Kuzovda yassi eshik tutqichlari va tomda lidar sensori bor.

Foto: BYD

Texnik ko‘rsatkichlar

Song Ultra EV bitta elektr motor bilan taklif etiladi. Boshlang‘ich versiya 240 kW quvvatga ega. Kuchliroq talqini 270 kW, ya’ni 362 ot kuchi beradi. Maksimal tezlik 210 km/soat. Model BYD’ning FinDreams sho‘’basi ishlab chiqargan LFP akkumulyatorlari bilan jihozlanadi. 75,6 kVt/soatli batareya 620 km CLTC masofani ta’minlaydi. 82,7 kVt/soatli variant esa 710 kmgacha yuradi.

Song oilasidagi o‘rni

Foto: BYD

Song dastlab yagona model edi. Hozir u alohida krossoverlar oilasiga aylangan. Liniya tarkibiga Song Pro DM-i, Song L EV va Song L DM-i kiradi. Song Plus esa global bozorda Sealion 6 yoki Seal U nomi bilan sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Leopard Titanium 7 test-drayv qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek