Huawei Maextro S800 BMW va Maybach’ni ortda qoldirdi

16-fevral 2026 15:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei Maextro S800 BMW va Maybach’ni ortda qoldirdi
Foto: Auto China

Huawei Maextro S800 yanvar oyida Xitoyda 2625 dona sotildi. U to‘liq o‘lchamli premium sedanlar segmentida birinchi o‘ringa chiqdi. Model BMW 7 Series va Mercedes-Maybach S-Class sotuvlarini qo‘shib hisoblaganda ham ortda qoldirgan.

Maextro Huawei va JAC qo‘shma loyihasi. S800 «yangi davr flagmani» sifatida taqdim etilgan. Narxi 708 mingdan 1,018 mln yuan gacha. Bu taxminan $98 mingdan $141 ming atrofida.

Yuqori narxga qaramay, talab o‘smoqda. O‘tgan yil dekabr oyida yetkazib berishlar 104 foizga oshgan. Asosiy xaridorlar Shenchjen, Guanchjou va Shanxay kabi boy megapolislar aholisi.

JAC Group rahbari kompaniya S800 yig‘ilish sifatiga alohida e’tibor qaratayotganini bildirdi. Maextro brendi ostida yaqin vaqtda hashamatli mini-ven va yo‘ltanlamas ham chiqarilishi rejalashtirilgan.

Shu tariqa Xitoyning yangi premium sedani o‘z uy bozorida nemis raqobatchilarini ortda qoldirib, segment yetakchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Huawei kompaniyasi sotuvlar bo‘yicha Xitoy smartfon bozorida yana yetakchiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek