
Koreys brendi Kia tarixida birinchi bo‘lib chiqarilgan pikap modeli Tasman Rossiyada sotuvga chiqarildi. Bu haqda Avtonews nashri ma’lum qildi.
Texnik xususiyatlari
Xaridorlarga quvvatli benzinli versiya taklif etilmoqd. Pikap 2,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 281 ot kuchig ega. Dvigatel klassik avtomatik uzatish qutisi va to‘liq g‘ildirakli haydovchilik tizimi bilan ishlaydi.

Jihozlari va imkoniyatlari
Avtomobil jihozlariga quyidagilar kiradi:
- 12,3 dyuymli ikkita ekran
- Iqlim nazorati uchun 5 dyuymli ekran
- Cahrm salon
- Turli haydovchi yordam tizimlari va boshqa qo‘shimcha opsiyalar

Narxlari
Minimal 2 ming kilometr yurgan nusxa $77,6 mingga baholanmoqda, yangi avtomobil narxi $87,9 ni tashkil qiladi. Rasmiy Kia dilerida esa pikap $97,7 ming atrofida sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia EV4 qattiq sovuq sharoitda sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgan edik.