Avto

Kia Tasman pikapi Rossiya bozorida qanday narxda sotuvga chiqdi

Eng yuqori darajadagi X-Pro versiyasida
Kia Tasman pikapi Rossiya bozorida qanday narxda sotuvga chiqdi / Foto: Kia

Koreys brendi Kia tarixida birinchi bo‘lib chiqarilgan pikap modeli Tasman Rossiyada sotuvga chiqarildi. Bu haqda Avtonews nashri ma’lum qildi.

Texnik xususiyatlari

Xaridorlarga quvvatli benzinli versiya taklif etilmoqd. Pikap 2,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 281 ot kuchig ega. Dvigatel klassik avtomatik uzatish qutisi va to‘liq g‘ildirakli haydovchilik tizimi bilan ishlaydi.

Foto: Kia

Jihozlari va imkoniyatlari

Avtomobil jihozlariga quyidagilar kiradi:

  • 12,3 dyuymli ikkita ekran;
  • iqlim nazorati uchun 5 dyuymli ekran;
  • charm salon;
  • turli haydovchi yordam tizimlari va boshqa qo‘shimcha opsiyalar.
Foto: Kia

Narxlari

Minimal 2 ming kilometr yurgan nusxa $77,6 mingga baholanmoqda, yangi avtomobil narxi $87,9 ni tashkil qiladi. Rasmiy Kia dilerida esa pikap $97,7 ming atrofida sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia EV4 qattiq sovuq sharoitda sinovdan o‘tkazilgani haqida yozgan edik.