Gadjetlar

MagicPad 4 planshetining texnik xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Qurilma MWC 2026 ko‘rgazmasida taqdim etiladi
Foto: Noteebookcheck

Honor kompaniyasi yangi avlod MagicPad 4 planshetini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qurilmaning asosiy parametrlari kompaniya tomonidan e’lon qilindi. Kutilayotgan yangilik Snapdragon 8 Gen turkumidagi kuchli protsessor va yupqa korpus dizayni bilan ajralib turadi.

Foto: MT Today

Yangi planshet 12,4 dyuymli katta ekranga ega bo‘lib, tasvir yangilanish chastotasi 165 Hz’ni tashkil etadi. Qurilmaning ishlash samaradorligini Snapdragon 8 Gen seriyasiga mansub platforma ta’minlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu eng so‘nggi Gen 5 protsessori bo‘lishi mumkin.

Foto: Honor

MagicPad 4 sig‘imi kamida 10 000 mAch bo‘lgan akkumulyator bilan jihozlanadi. Katta hajmdagi batareyaga qaramay, ishlab chiqaruvchi qurilma qalinligini 5 mm dan oshirmaslikka erishgan. Hozircha boshqa texnik tafsilotlar mavjud emas, biroq planshetning rasmiy taqdimoti MWC 2026 xalqaro ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Honor MagicPad 3 Pro plansheti taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.