Nodirbek Abdusattorov jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi

16-fevral 2026 09:34 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Magnus Karlson Nodirbek Abdusattorovni
Foto: Lennart Ootes / Freestyle Chess

Nodirbek Abdusattorov Freestyle shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda g‘alaba qozondi. U germaniyalik Vinsent Keymerni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu muvaffaqiyat evaziga Abdusattorov $40 ming miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi. G‘alabaning eng muhim jihati shundaki, o‘zbekistonlik shaxmatchi 2027-yilda o‘tkaziladigan Freestyle jahon chempionatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Foto: UzChess

Musobaqaning chempionlik unvoni uchun kechgan hal qiluvchi bahsida jahon reytingi yetakchisi Magnus Karlsen va amerikalik Fabiano Karuana o‘zaro to‘qnash keldi. Norvegiyalik grossmeyster raqibini 2,5:0,5 hisobida yengib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek