
Nodirbek Abdusattorov Freestyle shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda g‘alaba qozondi. U germaniyalik Vinsent Keymerni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ushbu muvaffaqiyat evaziga Abdusattorov $40 ming miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi. G‘alabaning eng muhim jihati shundaki, o‘zbekistonlik shaxmatchi 2027-yilda o‘tkaziladigan Freestyle jahon chempionatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Musobaqaning chempionlik unvoni uchun kechgan hal qiluvchi bahsida jahon reytingi yetakchisi Magnus Karlsen va amerikalik Fabiano Karuana o‘zaro to‘qnash keldi. Norvegiyalik grossmeyster raqibini 2,5:0,5 hisobida yengib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘lgani haqida xabar bergan edi.