
AQSh, Xitoy, Rossiya va yana bir nechta davlat atom suvosti flotiga ega. Bu haqda Statista ma’lumotlarida keltirilgan.
Zamonaviy dunyoda atom suvosti floti milliy xavfsizlik va strategik tiyib turishning muhim elementi bo‘lib qolmoqda. Infografikada turli davlatlar qurolli kuchlari tarkibida nechta atom suvosti kemasi borligi ko‘rsatilgan.
Dunyoda suvosti kemalarini ishlab chiqish va qurish XX asr o‘rtalarida boshlangan. 1954-yilda bu borada birinchi bo‘lgan davlat AQSh edi. Oradan to‘rt yil o‘tib, SSSRda ham ilk atom suvosti kemasi paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda atom suvosti floti 6 davlatda mavjud. Atom suvosti kemalari soni bo‘yicha yetakchi davlat AQSh hisoblanadi. Marine Insight ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil yanvar holatiga ularning flotida 71 ta amaldagi kema bor.

Xitoy so‘nggi yillarda suvosti flotini faol kengaytirmoqda. Umumiy suvosti kemalari soni bo‘yicha mamlakat 32 ta kema bilan ikkinchi o‘ringa chiqqan.
Rossiya ham o‘z suvosti flotini modernizatsiya qilishda davom etmoqda. Statista Rossiyaning atom suvosti floti sonini 29 ta deb baholaydi. Marine Insight esa bu ko‘rsatkichni 25 – 28 ta deb keltiradi.
Atom suvosti floti Buyuk Britaniya, Fransiya va Hindistonda ham mavjud. Avstraliya va Braziliya ham yaqin yillarda bunday davlatlar qatoriga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Avstraliya ilk kemani 2032-yilda sotib olmoqchi. Braziliya esa Fransiyaning Naval Group kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘z suvosti kemasi ustida ish boshlagan. Uni 2030-yillarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Atom suvosti kemalari soni manbalarga qarab farq qilishi mumkin. Chunki ayrim kemalar ta’mirda, modernizatsiyada yoki zaxirada bo‘lishi ehtimoli bor.
Avvalroq «Kursiv» qaysi davlatlar atom aviatashuvchilariga egaligi haqida yozgandi.