Samarqandda bir yilda 700 ming tonnaga yaqin uzum yetishtirildi

eʼlon qilindi
Respublikadagi barcha xo‘jaliklar tomonidan 1,983 mln tonna uzum yetishtirildi
uzum
Foto: ijtimoiy tarmoq

2025-yilda respublikadagi barcha xo‘jaliklar tomonidan 1,983 mln tonna uzum yetishtirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 7,6 foizga oshgan. Eng ko‘p hosil Samarqand viloyatida yig‘ildi, Toshkent shahri esa eng kam hosil ko‘rsatgan hududlardan biri bo‘ldi. Hududlar kesimida hosil farqlari sezilarli bo‘lib, ba’zi viloyatlarda hosil nisbatan kam, boshqalarida esa yuqori bo‘ldi.

HududUzum hosili
Qoraqalpog‘iston Respublikasi16,2 ming tonna
Andijon viloyati92,1 ming tonna
Buxoro viloyati241,4 ming tonna
Jizzax viloyati38,4 ming tonna
Qashqadaryo viloyati131,7 ming tonna
Navoiy viloyati99,4 ming tonna
Namangan viloyati167,3 ming tonna
Samarqand viloyati697,0 ming tonna
Surxondaryo viloyati94,4 ming tonna
Sirdaryo viloyati18,7 ming tonna
Toshkent viloyati102,2 ming tonna
Farg‘ona viloyati229,1 ming tonna
Xorazm viloyati55,1 ming tonna
Toshkent shahri0,1 ming tonna

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston eksporti 2025-yilda 24 foizga oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek