Sotuvga chiqqan yangi Damas, past o‘sish ko‘rsatgan Yaponiya iqtisodiyoti — 16-fevral kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda yashash uchun ko‘chib kelganlar soni salkam 2 baravar kamaydi
Sotuvga chiqqan yangi Damas, past o‘sish ko‘rsatgan Yaponiya iqtisodiyoti - 16-fevral kuni e’lon qilingan yangiliklar Sotuvga chiqqan yangi Damas, past o‘sish ko‘rsatgan Yaponiya iqtisodiyoti - 16-fevral kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: Samijon Juraqulov / Kursiv Uzbekistan

Sotuvga chiqqan yangi Damas, past o‘sish ko‘rsatgan Yaponiya iqtisodiyoti – 16-fevral kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

2026-yilda Navoiyda 40 ta mahalla ixtisoslashtiriladi

2026-yilda Navoiyda 40 ta mahalla ixtisoslashtiriladi
Foto: Zarnews

2026-yilda Navoiy viloyatida 40 ta mahalla ixtisoslashtiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi. Loyihaviy yondashuv asosida hududlar ixtisoslashtiriladi.

«Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla» maqomi berilgan 8 ta qishloq tumanidan tanlab olingan 16 ta mahallada shahar muhiti yaratiladi. Ushbu hududlarda zamonaviy infratuzilma va qulay yashash sharoitlari barpo etiladi.

Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ishlab chiqilyapti — Jamshid Xodjayev

Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportchilari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida «Tino Agro Narpay» MChJ rahbari Ahror Abdujalilov an’anaviy bozor hisoblangan Rossiya va MDH davlatlaridagi vaziyat tufayli eksport hajmi kamayayotganini ta’kidladi. Tadbirkor Yevropa Ittifoqi va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga chiqishda transport xarajatlari yuqoriligi va O‘zbekistonning dengiz yo‘llaridan uzoqda joylashgani raqobatga to‘sqinlik qilayotganini aytib o‘tdi.

Toshkentdagi YTHda kuryer vafot etdi

Foto: videodan kadr

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 15-fevral kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kuryer vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 18:00 da THAY-Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. 1969-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan 2004-yilda tug‘ilgan kuryer boshqaruvidagi velosiped bilan to‘qnashgan.

Yaponiya iqtisodiyoti to‘rtinchi chorakda kutilganidan past o‘sish ko‘rsatdi

Foto: business.inquirer.net

Yaponiya iqtisodiyoti 2025-yilning to‘rtinchi choragida kutilganidan ancha sust o‘sish qayd etdi, bu esa bosh vazir Sanae Takaichi hukumati uchun dastlabki jiddiy sinovga aylandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning to‘rtinchi yirik iqtisodiyoti yillik hisobda 0,2 foizga o‘sgan. Bu ko‘rsatkich tahlilchilar kutgan 1,6 foizlik o‘sishdan sezilarli darajada past bo‘lib, avvalgi chorakdagi 2,6 foizlik qisqarishdan keyingi kichik tiklanishni anglatadi. Choraklik o‘sish esa kutilgan 0,4 foiz o‘rniga atigi 0,1 foizni tashkil etgan.

Sadir Japarov: Tashiyev davlat xizmatiga qaytmaydi

Sadir Japarov: Tashiyev davlat xizmatiga qaytmaydi
Foto: «AKI Press»

Sadir Japarov sobiq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev iste’fosi yuzasidan yana bir bor izoh berdi. Bu haqda 24.kg nashri xabar bermoqda. Prezident ular do‘st bo‘lib qolishini, biroq Tashiyev davlat xizmatiga qaytmasligini ta’kidladi.

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, iste’fodan so‘ng ular shaxsan uchrashgan.

Qozog‘istonda Burger King ommaviy boykotga uchradi

Qozog‘istonda Burger King tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i inklyuzivlik va korporativ etika normalarini buzishda ayblanib, jamoatchilikning keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Mojaroga ijtimoiy tadbirkor Janat Karatayning Threads tarmog‘idagi posti sabab bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, autizm spektri buzilishi bo‘lgan o‘g‘li Alibek to‘rt yil davomida oshpaz bo‘lib ishlagan, biroq rahbariyat almashgach, unga nisbatan yashirin tazyiqlar boshlangan.

Navoiyda «Qadimiy Karmana» turistik markazi tashkil etiladi

Navoiyda «Qadimiy Karmana» turistik markazi tashkil etiladi
Foto: Uzbekistan travel

Navoiyda «Qadimiy Karmana» turistik markazi tashkil etiladi. Prezident qarori bilan 2026-yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmini o‘rtacha 7,9 foizga oshirish rejalashtirilgan. Sanoat ishlab chiqarishi 7,8 foizga, bozor xizmatlari 15,6 foizga, qishloq xo‘jaligi esa 5,7 foizga o‘sishi ko‘zda tutilgan.

Yangi Chevrolet Damas Max va Move sotuvi boshlandi

UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas Max va Chevrolet Damas Move modellari uchun shartnoma tuzish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Modelning narxi 134,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Mazkur avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha shartnomani kompaniyaning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin. Sotuvlar butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda yashash uchun ko‘chib kelganlar soni salkam 2 baravar kamaydi

2025-yilda O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 1159 nafarni tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 1,9 baravarga, 2023-yilga nisbatan esa 2,5 baravarga kamaygan.

Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi yashash uchun Toshkent shahri (60,2%), Toshkent viloyati (23,7%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasini (8,7%) tanlagan.

Shuningdek