Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlardagi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi
O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

2026-yil 17–18-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning bir qator tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Xususan,

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 16-17-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqinlari ehtimoli mavjudligi haqida xabar berilgandi

Shuningdek