«Uzoq shahar»ning yangi qismi qachon efirga chiqadi

16-fevral 2026 16:41 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Uzoq shahar»ning yangi qismi qachon efirga chiqadi
Foto: Kanal D

«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 50-qism yangi tizeri e’lon qilindi. Yangi lavhalarda voqealar yanada keskinlashgani ko‘rinadi. Ayniqsa, oldingi qism oxirida yuz bergan hodisadan keyin Jihanning taqdiri eng katta savolga aylangan. Fragmandagi qisqa, lekin ta’sirli kadrlar uning tirik qolgan-qolmagani atrofidagi shubhani yanada kuchaytiradi.

Ikkinchi fragman shuni anglatadiki, Alya va Boran qonuniy ajrashadi, ammo bola, Jihan Deniz Albora kim bilan qolishi noma’lum. 50-qism nafaqat dramatik, balki burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.

Uzak Şehir 50. Bölüm 2. Tanıtım | "Boşanmalarına, Cihan Deniz Albora

49-qism finalidagi avtohalokat esa eng katta savolni ochiq qoldirdi: Jihan tirikmi yoki yo‘q. 50-qism aynan shu savolga javob berishi kutilmoqda. Yangi treyler voqealar yanada keskinlashishini, qahramonlar o‘rtasidagi hisob-kitob esa chuqurlashishini ko‘rsatmoqda.

ETi Browni | Uzak Şehir 50. Bölüm Fragmanı | «Oğlumla birlikte babamın yanına gideceğim.» @kanald

«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 50-qismi 16-fevral Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uzoq shahar» serialidagi eng murakkab qahramon kimligi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek