
«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 50-qism yangi tizeri e’lon qilindi. Yangi lavhalarda voqealar yanada keskinlashgani ko‘rinadi. Ayniqsa, oldingi qism oxirida yuz bergan hodisadan keyin Jihanning taqdiri eng katta savolga aylangan. Fragmandagi qisqa, lekin ta’sirli kadrlar uning tirik qolgan-qolmagani atrofidagi shubhani yanada kuchaytiradi.
Ikkinchi fragman shuni anglatadiki, Alya va Boran qonuniy ajrashadi, ammo bola, Jihan Deniz Albora kim bilan qolishi noma’lum. 50-qism nafaqat dramatik, balki burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
49-qism finalidagi avtohalokat esa eng katta savolni ochiq qoldirdi: Jihan tirikmi yoki yo‘q. 50-qism aynan shu savolga javob berishi kutilmoqda. Yangi treyler voqealar yanada keskinlashishini, qahramonlar o‘rtasidagi hisob-kitob esa chuqurlashishini ko‘rsatmoqda.
«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 50-qismi 16-fevral Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uzoq shahar» serialidagi eng murakkab qahramon kimligi haqida ma’lumot berilgandi.

