Yangi Toyota Land Cruiser FJ modeli ishlab chiqarila boshlandi

eʼlon qilindi
Ixcham yo‘ltanlamas Tailandda konveyerga qo‘yildi
Foto: Carscoops

Toyota kompaniyasining eng yangi va ixcham yo‘ltanlamasi Land Cruiser FJ Tailandda ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda Carscoops xabar bermoqda.

Dastlabki taqdimotda Land Cruiser FJ 2,7 litrli atmosferali benzinli dvigatel bilan jihozlanadi. Ushbu agregat Land Cruiser Prado, Hilux va Fortuner modellarida ham qo‘llanilgan bo‘lib, u 161 ot kuchi (120 kVt) va 246 Nm aylanuvchi momentni taqdim etadi. Dvigatel olti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va to‘liq uzatmali tizim bilan birlashtirilgan.

Foto: Carscoops

Xabarlarga ko‘ra, qatorga qo‘shilishi kutilayotgan navbatdagi dvigatel 2,8 litrli to‘rt silindrli turbodizel bo‘lishi mumkin. Katta hajmli Land Cruiser 250 va Hilux modellaridan olingan ushbu motor 201 ot kuchi (150 kVt) va 500 Nm aylanuvchi moment ishlab chiqaradi. Bu ko‘rsatkich benzinli versiyaning tortish kuchidan deyarli ikki baravar yuqori.

Foto: Carscoops

Dizel dvigatelining paydo bo‘lishi 2029-yilgacha kutilmayapti. Ushbu uch yillik tanaffus Toyota kompaniyasiga qat’iylashib borayotgan emissiya standartlariga moslashish imkonini beradi. Yangi dvigatel Yaponiyada va boshqa bozorlarda 2030-yillargacha amalda bo‘ladigan ekologik talablarga javob berishi kerak. Hozircha model Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Amerika va Afrika bozorlari uchun tasdiqlangan bo‘lib, Shimoliy Amerika va Yevropa rejalarga kiritilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangilangan Toyota RAV4 Yevropada savdoga chiqarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek