Yanvarda yo‘l haqini to‘lamaganlar uchun 11 mingdan ortiq bayonnomalar rasmiylashtirildi

eʼlon qilindi
Mutasaddilar har bir yo‘lovchini yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashga chaqirmoqda
Yanvarda yo‘l haqini to‘lamaganlar uchun 11 mingdan ortiq bayonnoma rasmiylashtirildi
Foto: Transport vazirligi

Yanvarda yo‘l haqini to‘lamaganlar uchun 11 mingdan ortiq bayonnomalar rasmiylashtirildi. Transport vazirligiga ko‘ra, Toshkent shahrida avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan yo‘lovchilarga qarshi kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan muntazam tekshiruvlar olib borilmoqda.

2026-yil yanvar oyi davomida avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan 11,5 mingta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va jarimalar qo‘llanilgan.

Mutasaddilar har bir yo‘lovchini yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashga chaqirmoqda. Bu avtobuslar muntazamligi va xizmat sifati uchun muhim ekani ta’kidlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxt avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan 3 mingga yaqin yo‘lovchilarga nisbatan jarima qo‘llanilgandi. Unga ko‘ra, 2025-yilning 1 – 10-dekabr kunlari 38 va 46-avtobus yo‘nalishlarida yo‘l haqi to‘lovini nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borildi.

Shuningdek