1,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish fosh etildi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
1,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish fosh etildi
Foto: Pexels

Qarshi tumanida 1,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.E. qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygani aniqlangan. U «Shoyxo‘ja» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi uyida tashkil etilgan issiqxonani umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab olgan.

Foto: Departament

Tekshiruv natijasida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni o‘g‘rilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nukusda 217 mln so‘mlik gaz o‘g‘irligi fosh etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek