18-fevral kuni taroveh namozi qaysi vaqtlarda o‘qilishi ma’lum qilindi
eʼlon qilindi
14 ta hududidagi masjidlarda

Ertaga, 18-fevral kuni xufton namozidan so‘ng mamlakatimizdagi masjidlarda taroveh namozi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
O‘zbekistonning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlarining jadvali:
| Hudud | Boshlanish vaqti |
|---|---|
| Andijon | 20:20 |
| Farg‘ona | 20:20 |
| Namangan | 20:20 |
| Toshkent viloyati | 20:30 |
| Toshkent shahri | 20:30 |
| Sirdaryo | 20:30 |
| Jizzax | 20:30 |
| Samarqand | 20:40 |
| Surxondaryo | 20:40 |
| Navoiy | 20:40 |
| Buxoro | 20:40 |
| Qashqadaryo | 20:45 |
| Xorazm | 21:00 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 21:00 |
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon oyi rasman 19-fevraldan boshlanadi. Ertaga 2 mingdan ortiq masjidlarda taroveh namozlari o‘qiladi.
Shuningdek, Ramazon taqvimi, 2026-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori bilan ham tanishish mumkin.