Yangiliklar

18-fevral kuni taroveh namozi qaysi vaqtlarda o‘qilishi ma’lum qilindi

14 ta hududidagi masjidlarda
Foto: Muslim.uz

Ertaga, 18-fevral kuni xufton namozidan so‘ng mamlakatimizdagi masjidlarda taroveh namozi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

O‘zbekistonning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlarining jadvali:

HududBoshlanish vaqti
Andijon20:20
Farg‘ona20:20
Namangan20:20
Toshkent viloyati20:30
Toshkent shahri20:30
Sirdaryo20:30
Jizzax20:30
Samarqand20:40
Surxondaryo20:40
Navoiy20:40
Buxoro20:40
Qashqadaryo20:45
Xorazm21:00
Qoraqalpog‘iston Respublikasi21:00

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon oyi rasman 19-fevraldan boshlanadi. Ertaga 2 mingdan ortiq masjidlarda taroveh namozlari o‘qiladi.

Shuningdek, Ramazon taqvimi, 2026-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori bilan ham tanishish mumkin.