Yangiliklar

2024-yilda 290 ming kishi Germaniya fuqaroligini olgan

Germaniya pasportini eng ko‘p Suriya fuqarolari qo‘lga kiritgan
Foto: Migrando.de

Germaniyada 2023-yildan 2024-yilgacha fuqarolik olganlar soni 90 mingga ko‘payib, umumiy hisobda 290 mingdan oshdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Germaniya pasportini olish bo‘yicha birinchi o‘rinda Suriya, keyingi o‘rinlarda Turkiya, Iroq, Rossiya va Afg‘oniston fuqarolari qayd etilgan. 2025-yilda Berlinda 39 ming ta naturalizatsiya holati ro‘yxatga olingan bo‘lib, bu 2024-yildagi (21,8 ming) ko‘rsatkichdan qariyb ikki baravar va 2023-yildagi (9 ming) raqamlardan to‘rt baravar ko‘pdir. Gamburgda ham o‘sish kuzatilib, ko‘rsatkich 11,5 mingtaga yetgan.

Foto: Fabian Sommer / Bild

Hukumat koalitsiyasiga kiruvchi Xristian-demokratik ittifoqi partiyasi vakillari ushbu jarayonni tanqid qilmoqda va nazoratni kuchaytirishga chaqirmoqda. Bunga naturalizatsiya uchun zarur bo‘lgan testlarni topshirishdagi firibgarliklar va til sertifikatlarini soxtalashtirish holatlari sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Germaniyada yuk mashinasi haydovchilari uchun 100 ta ish o‘rni taklif etilgani haqida xabar bergan edi.