Abduqodir Husanov YCHL guruh bosqichining eng tezkor futbolchisi deb topildi

17-fevral 2026 18:39 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Abduqodir Husanov «Real Madrid»ga o‘tishi mumkin — OAV
Abduqodir Husanov YCHL guruh bosqichining eng tezkor futbolchisi deb topildi / Foto: Carl Recine/Getty Images

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi CIES Football Observatory YCHL musobaqasi guruh bosqichining eng tezkor futbolchilarini aniqladi. Ular orasida «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov 35,8 km/soat tezlik bilan bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi.

Foto: CIES

U Kylian Mbappe (35,67 km/soat, Real Madrid), Loïs Openda (35,16 km/soat, Yuventus), Hugo Ekitike (34,91 km/soat, Liverpul) va Erling Holand (34,87 km/soat, Manchester Siti) kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, ro‘yxatning birinchi o‘ntaligiga turli Yevropa klublarida to‘p surayotgan futbolchilar kirgan bo‘lib, ularning barchasi guruh bosqichida eng yuqori tezliklarni namoyish etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov haqida 5 ta qiziqarli faktlarni e’lon qilgan edik.

Shuningdek