Angliya kubogi nimchorak finaliga qur’a tashlandi

17-fevral 2026 14:36 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: thefa.com

Angliya kubogining nimchorak finaliga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, Abduqodir Husanov harakat qilayotgan «Manchester Siti» safarda «Nyukasl Yunayted» bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Pep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» uchun ushbu bosqich oson kechmaydigan bo‘ldi. Chunki «Nyukasl» o‘z uyida har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishi bilan mashhur. Boshqa juftliklarda ham qiziqarli qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. «Liverpul» klubi Premer-ligadagi raqibi «Vulverxempton» bilan «Enfild»da bahslashadi.

Foto: Telegram / Davron Fayziev

Londonning «Arsenal» jamoasi esa quyi liga vakili «Mensfild Taun» mehmoni bo‘ladi. Angliya kubogining beshinchi bosqich o‘yinlari fevral oyining oxirgi haftasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Fulxem»ni yirik hisobida mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek