APL o‘yinlarida Ramazon oyi uchun maxsus tanaffuslar joriy etiladi

17-fevral 2026 16:28 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: The Independent

Angliya Premer-ligasi va quyi divizionlarda Ramazon oyi davomida musulmon futbolchilar hamda hakamlar uchun o‘yinlarda maxsus qisqa tanaffuslar tashkil etiladi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, jamoa sardorlari va hakamlar uchrashuv boshlanishidan avval tanaffus qilinadigan taxminiy vaqtni o‘zaro kelishib oladilar. Ushbu to‘xtalishlar o‘yinning eng qizg‘in pallasida emas, balki tabiiy vaziyatlarda masalan, to‘p maydondan chiqqanda yoki darvozadan zarba berilayotgan paytda amalga oshiriladi.

Foto: sukabumiupdate.com

APL rahbariyati ushbu qarorni ro‘za tutgan futbolchilarning jismoniy holatini inobatga olgan holda qabul qilgan. Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatlarida o‘yin vaqtida og‘iz ochishga ruxsat beruvchi ushbu amaliyot ilk bor 2021-yilda joriy qilingan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yil uchun Ramazon taqvimi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek