
Yaponiyada Yangi BYD Racco elektromobilining ichki ko‘rinishi rasman namoyish etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Model 2026-yil yoz yoki kuz mavsumida savdoga chiqadi. Boshlang‘ich narxi taxminan $16,3 mingga teng.
Ichki qismi

BYD Racco interyeri an’anaviy kei-kar arxitekturasi asosida yaratilgan. Uzatmalar tutqichi qisqa markaziy konsolga joylashtirilgan. Old o‘rindiqlar bir-biriga yaqin o‘rnatilgan, biroq kichik qo‘l suyanchiqlari mavjud.
Old panelda suzuvchi sensorli ekran hamda raqamli asboblar paneli bor. Iqlim nazorati uchun alohida jismoniy tugmalar saqlab qolingan. Avtomobilda 12V, USB va Type-C portlari mavjud.
Markaziy konsolda qo‘shimcha saqlash joylari bor. Qo‘lqop qutisi va markaziy tunnelda ham alohida bo‘lim ajratilgan.
Qulaylik va ergonomika

Racco baland old oynaga ega. Bu haydovchiga yaxshi ko‘rinish beradi. Uch pog‘onali rul funksional tugmalar bilan jihozlangan. Yon oynalar elektr boshqaruvga ega. Old o‘rindiqlar isitiladi. Salon oq rangli sun’iy charm bilan qoplangan.
Orqa qator rasmiy suratlarda ko‘rsatilmagan. Oldingi taqdimotda orqa qatorda ikki o‘rindiq va sozlanadigan bosh suyanchiqlar mavjudligi ma’lum qilingan. Modelning yana bir afzalligi bu ikki tomondan sirg‘aluvchi orqa eshiklar.
Texnik ko‘rsatkichlar
BYD Racco o‘lchamlari 3395 mm uzunlik, 1475 mm kenglik va 1800 mm balandlikni tashkil etadi. Old o‘qda 20 kVt quvvatli yagona elektromotor o‘rnatilgan. Bu 27 ot kuchiga teng.
Avtomobil BYD’ning FinDreams sho‘ba korxonasi ishlab chiqargan LFP batareya bilan jihozlangan. WLTC sikli bo‘yicha yurish zaxirasi 180 km. DC tezkor zaryadlash 100 kVtgacha quvvatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yapon bozoridagi maqsad
Kei-kar segmenti Yaponiyada juda mashhur. 2025-yilda 1,66 mln dona key-kar sotilgan. Eng ko‘p sotilgan model Honda N-Box bo‘lgan.
BYD Racco aynan shu segmentni nishonga olmoqda. Kompaniya ixcham, tejamkor va kundalik shahar harakati uchun qulay elektromobil taklif qilmoqda. 2026-yilgi bozor sinovi BYD’ning Yaponiyadagi pozitsiyasini belgilab beradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Song Plus elektromobili tahlil qilingani haqida yozgan edi.