Avto

BYD Song Plus elektromobili nimasi bilan kuchli

Qishda avtomatik rejimda oynaning bug‘lanishi kuzatiladi
BYD Song Plus elektromobili nimasi bilan kuchli
Foto: You Tube’dagi «AvtoStrong» kanali

BYD kompaniyasining BYD Song Plus modeli bugun dunyodagi eng ko‘p sotilayotgan krossoverlardan biri hisoblanadi. 2025-yilda mahalliy bozorda Song Plus DM-i Champion modelidan 7,3 ming dona sotilgan. You Tube’dagi «AvtoStrong» kanali elektromobil haqida video e’lon qildi.

Tashqi dizayni

Kuzov uzunligi 470 smdan oshadi. Bu uni Kia Sportage yoki Toyota RAV4’dan kattaroq toifaga olib chiqadi. O‘lcham jihatidan BMW X3 va Audi Q5’ga yaqin.

Foto: You Tube’dagi «AvtoStrong» kanali

Bagaj hajmi 574 litrni tashkil etadi. O‘rindiqlar buklanganda deyarli 1 kubometr joy paydo bo‘ladi.

Elektr va gibrid variantlar

Song Plus’ning gibrid talqini ham mavjud. Unda 1,5 litrli turbomotor generatorni aylantiradi va zarur paytda old g‘ildiraklarni ham harakatga keltiradi. Ba’zi versiyalarda to‘liq yuritma ham bor.

Foto: You Tube’dagi «AvtoStrong» kanali

Gibrid versiyada 26 kVt/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan. Iliq ob-havoda 120 kmgacha faqat elektrda yurishi mumkin.

To‘liq elektr versiya esa doim old yuritma bilan keladi. Elektromotor quvvati 218 ot kuchidan yuqori. Batareya sig‘imi 71,8 yoki 87 kVt/soat. Real sharoitda yozda 360–440 km masofa bosib o‘tadi. Qish faslida esa 250–300 km atrofida.

Ishonchlilik

Model 2020-yildan ishlab chiqariladi. So‘nggi yillarda keng tarqaldi. 70 ming kmgacha yiliga yuradigan taksi parklarida ham faol ishlatilmoqda.

Foto: You Tube’dagi «AvtoStrong» kanali

Tizimli nuqsonlar aniqlanmagan. Ba’zi hollarda yog‘ sizishi, zaryad porti harorat sensori nosozligi yoki ABS kontaktlarida muammo uchrashi mumkin. Ammo qimmat agregatlarni ommaviy almashtirish holati kuzatilmagan.

Batareyalar lity-temir-fosfat asosida. Ular bilan jiddiy muammo qayd etilmagan. Ishlab chiqaruvchi haftada bir marta 100 foizgacha zaryad qilishni tavsiya etadi. Har 3–6 oyda esa 10 foizgacha tushirib, so‘ng to‘liq zaryad qilish kerak.

Foto: You Tube’dagi «AvtoStrong» kanali

Kuzov bo‘yicha katta muammo yo‘q. Biroq orqa eshik pastki qismida qum yig‘ilib, bo‘yoqni ishqalashi mumkin. Mutaxassislar shu joyga himoya plyonka yopishtirishni maslahat beradi.

Zavod shinalari nam yo‘lda sirpanishga moyil. Ayniqsa burilishlarda ehtiyot bo‘lish zarur. Yomg‘ir sensori yo‘q. Faralar avtomatik rejimda kechroq yonadi. Avtomatik farani balandlikka moslash tizimi ham mavjud emas.

Rekuperatsiya paytida tormoz chiroqlari har doim ham yonavermaydi. Bu esa orqadagi haydovchi uchun kutilmagan holat bo‘lishi mumkin.

Iqlim nazorati ham ba’zi egalarda e’tiroz uyg‘otadi. Yozda juda sovutishi, qishda esa avtomatik rejimda oynaning bug‘lanishi kuzatiladi.

Osma tizim va foydalanish

Foto: You Tube’dagi «AvtoStrong» kanali

Stabilizator tirgaklari 10–20 ming km xizmat qiladi. Ular Toyota Camry’ning ayrim modellariga mos keladi. Sharsimon tayanchlar 30–40 ming kmda eskirishi mumkin. Bunga namlik va chang sabab bo‘ladi.

Rul uchlari 50 ming kmgacha xizmat qiladi. Ular Honda CR-V ayrim avlodlari bilan o‘zaro mos.

Вся ПРАВДА о BYD Song Plus: скрытые ПРОБЛЕМЫ и реальный пробег! ⚡️🚙

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Sealion 06 2026 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.