
General Motors (GM) yangi Chevrolet Sonic krossoveri 2026-yilning 2-choragida rasman namoyish etilishini e’lon qildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda. Model ishlab chiqarilishi yaqin orada boshlanadi.
Kompaniyaning Braziliyadagi bo‘linmasi ma’lum qilishicha, yangi SUV-kupe aprel–iyun oralig‘ida ochiq taqdim qilinadi. U 2026-yil uchun rejalashtirilgan ilk asosiy yangiliklardan biri bo‘ladi.

«Yangi Chevrolet Sonic 2026-yilning 2-choragida debyut qiladi va Braziliyadagi sanoat transformatsiyasining yangi bosqichini boshlab beradi», — deyiladi GM Brazil bayonotida.
Model Chevrolet’ning Gravatai shahridagi zavodida ishlab chiqariladi. Ushbu majmua Sonic uchun dunyodagi yagona ishlab chiqarish bazasiga aylanadi.

Zavod keng modernizatsiyadan o‘tgan. Bu yerda qariyb 1 000 ta robot aqlli tizimlarga ulangan holda ishlaydi. Sifat nazorati uchun yuqori aniqlikdagi kameralar o‘rnatilgan. Sun’iy intellekt asosidagi dasturiy yechimlar ham joriy etilgan.

Yangi Chevrolet Sonic brend uchun yangi segmentni ochadi. U xetchbek platformasiga asoslangan boshlang‘ich toifadagi krossover sifatida taqdim etiladi. Model Braziliya bozorida sotuv hajmini oshirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet yangi avtomobillarini taqdim etishi haqida yozgan edi.