Yangiliklar

Gazelle NN va Gazelle Next modellari yangi rangda taqdim etildi

Silver Blue metallik emali avtomobillar kuzovi geometriyasini yanada jozibali ko‘rsatadi
Foto: TCC AVTO

Gazelle NN va Gazelle Next avtomobillari uchun ranglar gammasi kengaytirilganini e’lon qilindi. Avtomobillar Silver Blue deb nomlangan yangi kumush-moviy tusga ega bo‘ldi.

Yangi metallashgan rang transport vositasining tashqi ko‘rinishini yanada ifodali qiladi. Qayd etilishicha, ushbu rang o‘zining jozibasi bilan mashhur Tiffani rangini eslatadi. Hozirda yangi rang Gazelle NN, Sobol NN va Gazelle Next modellarining bir va ikki qatorli butun metalli furgonlari uchun amal qilmoqda.

Foto: STT matbuot xizmati

Kompaniya rejasiga ko‘ra, kelgusida mazkur rang oiladagi barcha modifikatsiyalar uchun joriy etiladi. Bu o‘zgarish tijorat avtomobillari bozorida brendning estetik jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Rossiya yangi tijorat avtomobillari bozoridagi mazkur yangilanish dilerlik tarmoqlarida allaqachon aks eta boshladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yengil avtomobillarni sotuvchi rasmiy dilerlar ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.