Honor Magic V6 smartfoni qanday dizaynga ega

17-fevral 2026 13:04 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor Magic V6 smartfoni qanday dizaynga ega
Foto: Honor

Honor yangi buklanuvchi Honor Magic V6 modelini tez orada taqdim etiladi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi. Rasmiy e’lon oldidan qurilmaning jonli suratlari internetga sizib chiqdi.

Xitoyning Weibo platformasida Gonkonglik aktyor va xonanda Nicholas Tse ishtirokidagi reklama jarayonidan suratlar paydo bo‘ldi. Unda u juda yupqa buklanuvchi smartfonni ushlab turgani ko‘rinadi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu aynan Magic V6.

Foto: Weibo

Suratlar qurilma tanish sakkizburchak shakldagi kamera modulini saqlab qolganini ko‘rsatadi. Ramkada antenna chiziqlari borligi metall korpusdan darak beradi. Eng e’tiborga molik jihat esa qizil rangli vegan teri qoplama bo‘ldi. Oldingi sizdirilgan ma’lumotlarda ham aynan shu rang asosiy, premium variant bo‘lishi aytilgandi.

Texnik jihatdan Magic V6 Xitoyda 3C sertifikatidan o‘tgan. Qurilma 7 150 mA/soat atrofidagi batareya bilan kelishi mumkin. Agar tasdiqlansa, bu buklanuvchi flagmanlar orasida eng katta sig‘im bo‘ladi. Tezkor zaryadlash 120 Vt deb taxmin qilinmoqda.

Foto: Weibo

Smartfonda Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi ishlatilishi kutilmoqda. Asosiy kamera 200 megapikselli katta sensor bilan jihozlanishi mumkin. Periskop teleobyektiv ham bo‘lishi aytilmoqda. Simsiz zaryadlash, to‘liq suvdan himoya va Beidou sun’iy yo‘ldosh aloqasi ham ro‘yxatda.

Honor so‘nggi avlodlarda yupqa va yengil dizaynga urg‘u bermoqda. O‘tgan yilgi Magic V5 buklangan holda 8,8 mm qalinlik va 219 gramm vazn bilan rekord darajada ixcham bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor X6d taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek