Gadjetlar

Huawei Band 11 Pro qanday texnik xususiyatlarga ega

Narxi 50 – 70 evro atrofida
Huawei Band 11 Pro qanday texnik xususiyatlarga ega / Foto: Winfuture

Huawei kompaniyasi Huawei Band 11 Pro aqlli bilaguzuk modelini taqdim etdi. Bu haqda Winfuture nashri ma’lum qildi.

Yangi qurilma 1,62 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, uning o‘lchamlari 482×286 piksel va maksimal yorqinligi 2000 kd/m²ni tashkil etadi. Qurilmaning vazni bilak tasmasi hisobga olinmaganda 14 g.

Foto: Winfuture
Foto: Winfuture

Huawei Band 11 Pro 300 mA//soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Odatiy sharoitda taxminan 10 kungacha ishlay oladi. Energiya tejash rejimida esa qurilma 14 kungacha ishlash imkoniga ega.

Foto: Winfuture

Qurilma GPS moduli, giroskop, magnitometr, optik yurak urishi sensori va yorqinlik sensori bilan ta’minlangan. Yevropa bozorida aqlli bilaguzukning narxi taxminan 50 – 70 yevro bo‘lib, sotuvlar mart oyida boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi bolalar joylashuvini kuzatish imkonini beruvchi smart soat taqdim etgan edi.