Kataloniya derbisida «Barselona» «Jirona»ga imkoniyatni boy berdi

17-fevral 2026 16:59 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: si.com

Ispaniya La Ligasida «Barselona» safarda «Jirona»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnir jadvali peshqadami «Real Madrid»ga yetib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida Pau Kubarsi Jyul Kundening uzatmasidan so‘ng bosh bilan gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, Tomas Lemar Vladislav Vanatning uzatmasidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga yaqin, 86-daqiqada Fran Beltran «Jirona»ga g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi va mezbonlarga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

GIRONA 2 vs 1 FC BARCELONA | LALIGA 2025/26 MD25 🔵🔴

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Xansi Flik shogirdlari turnir jadvalida «Real Madrid»dan ikki ochko ortda qolmoqda. O‘yinning qo‘shib berilgan vaqtida (90+9-daqiqa) «Jirona» futbolchisi Joel Roka Lamin Yamalga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Birinchi bo‘limda Lamin Yamal penaltidan foydalana olmadi, uning zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

«Barselona» barcha musobaqalarda ketma-ket ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi; avvalroq jamoa Ispaniya Kubogida «Atletiko»ga 0:4 hisobida yutqazgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Real Madrid» Segunda vakiliga yutqazib, Ispaniya Kubogini tark etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek