Gadjetlar

Motorola Signature flagman smartfoni sinovdan o‘tkazildi — sharh

Narxi 1000 – 1300 yevro atrofida
Motorola Signature flagman smartfoni sinovdan o‘tkazildi / Foto: 9to5Google

Motorola kompaniyasi yaqinda Signature brendining birinchi flagman smartfonini taqdim etdi. GSM Arena qurilmani sinab ko‘rib, o‘z xulosasini berdi.

Ishlash va batareya

Sharh mualliflari qurilmaning ishlash tezligi, qulaylik, displey, kameralar va boshqa xususiyatlarini baholadi. Qurilmaning 5200 mA/soat sig‘imli batareyasi rekord darajada zaryadlamasa-da, 90 Vt quvvat bilan zaryadlash imkoniyatiga ega. Qurilma 30 daqiqada 88% zaryad oladi.

Foto: GSMArena

Kamera va ekran

Motorola Signature kamerasi DxOMark mutaxassislari tomonidan Honor Magic8 Pro darajasida baholangan va bozorda birinchi o‘nlikka kiradi. Displey aniq, yorqin va funksional. Sharhda ekran sifati, deyarli «sof» Android tizimi va qurilma materiallari ham maqtalgan.

Dizayn va audio

Qurilmaning dizayni elegant va mustahkam bo‘lib, Motorola’ga xos chidamlilikka ega. Stereodinamika a’lo darajada ishlaydi, ovoz baland va sifatli.

Motorola Signature flagman smartfoni 655 dollardan sotuvga chiqadi
Foto: Motorola

Narx va kamchiliklar

Muhim kamchilik sifatida qurilmaning narxi qayd etilgan. Yevropa bozorida u 1000 – 1300 yevro atrofida sotiladi. Sharh mualliflari narxni biroz qimmat deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Motorola Moto G17 va G17 Power smartfonlarini taqdim etgan edi.