
Qat’iy va tez harakat qilishdan qo‘rqmaydigan, agar yo‘l-yo‘lakay rejalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelsa, o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan va hatto biror narsa kutilganidek bo‘lmasa ham, o‘ziga bo‘lgan ishonchini saqlab qoladiganlar kunni a’lo darajada o‘tkazadi. Moliya bilan bog‘liq har bir narsada ehtiyot bo‘lish kerak. Kredit olish, shuningdek, oila budjetini bir o‘zingiz tasarruf etishingiz maqsadga muvofiq emas. Quyida burjlar bo‘yicha 17-fevral uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Qiyinchiliklarga tayyor turing, ularsiz kun zo‘rg‘a o‘tadi. Kasbiy kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin. Ilgari yaxshi munosabatda bo‘lgan odamlar bugun unchalik xayrixoh bo‘lmaydi. Eski kelishuvlar buzilishi, eski ittifoqchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Bu jiddiy qarorlar qabul qilish uchun yaxshi kun emas, ammo avvalgiga qaraganda kamroq foyda keltiradigan biznes aloqalarini saqlab qolish kerakmi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘rish kerak.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Omad siz tomonda, bundan foydalanib, uzoq vaqtdan beri o‘ylagan narsangizni amalga oshiring. Eng muhim kasbiy yutuqlarga strategiyalarni ishlab chiqadigan va boshqalarni boshqaradigan, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal qiladigan buzoqlar erishishi mumkin. Ammo ishingiz asosan boshqalarning topshiriqlarini bajarishdan iborat bo‘lsa ham, tushkunlikka tushmang. Katta ehtimol bilan, bugun sizda yangi ittifoqchilar topish va o‘z mavqeingizni mustahkamlash imkoniyati bo‘ladi. Ba’zi burj vakillari esa daromadni sezilarli darajada oshirish yo‘llarini o‘ylab topadi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Bugun odatiy masalalarni hal qilishda ham nostandart fikrlash va ijodiy yondashuv qobiliyati sizning ustunligingizga aylanadi. Ehtimol, sizni qiziqarli fikrlarga olib keladigan omadli tasodif muhim maqsadga tezroq erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Intuitsiyaga diqqat bilan quloq solishga harakat qiling. Shunday qilib, siz dushmanlar tomonidan qo‘yilgan tuzoqlarni chetlab o‘tishingiz, noaniq vaziyatda tezda mo‘ljal olishingiz mumkin. Moliyaviy manzara murakkab bo‘lishi, asossiz xarajatlar va yo‘qotishlar yuzaga kelishi mumkin. Ilgari rejalashtirmagan bo‘lsangiz, katta xaridlardan voz kechganingiz ma’qul.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Kunning birinchi yarmida vaqtni behuda sarflamang. Ijobiy tendensiyalarning ta’siri juda sezilarli bo‘ladi va bundan muhim vazifalarni hal qilish uchun foydalanish kerak. Atrofdagilar bilan til topishish oson bo‘ladi, siz hech kim bilan janjallashmaysiz, hatto ba’zida kelishmovchiliklar uchun sabablar paydo bo‘lsa ham. Pul bilan bog‘liq har bir narsada juda ehtiyot bo‘ling. Muvaffaqiyatsiz xaridlar, kutilayotgan to‘lovlarning kechikishi ehtimoli bor. Xavotir olmang, barcha qiyinchiliklar vaqtinchalik bo‘lib, tez orada o‘tmishda qoladi.
Arslon (23.07 – 22.08)

Siz uchun ayniqsa qiziqarli va istiqbolli bo‘lgan ishga e’tibor qaratish imkoniyati paydo bo‘ladi, uni qo‘ldan boy bermang. Bu professional sohada o‘zgarishlar qilish, yangi ittifoqchilar va rivojlanish yo‘nalishlarini izlash uchun qulay kun. Ba’zilar o‘z iste’dodlaridan kutilmagan tarzda foydalanadi va atrofdagilarni yangi sohada qanchalik tez muvaffaqiyatga erishishi bilan hayratda qoldiradi. Biroq ehtiyot bo‘ling: kimdir sizning yutuqlaringizga hasad qilishi yoki ularni o‘ziniki qilib ko‘rsatishga urinishi ehtimoldan xoli emas. Bunday hollarda tez va qattiqqo‘llik bilan harakat qilish kerak bo‘ladi, ortiqcha tinchliksevarlik sizga zarar yetkazishi mumkin.
Parizod (23.08 – 23.09)

Kunning birinchi yarmi qulay bo‘lib tuyuladi, ammo ba’zilarning optimizmi haddan tashqari bo‘lishi mumkin. Bu vaqtda nimaga qo‘l urmang, qiyinchiliklar paydo bo‘lishi va to‘siqlarni yengib o‘tishga to‘g‘ri kelishiga tayyor turing. Vazifalarning katta qismini yolg‘iz o‘zingiz hal qilishingiz kerak, chunki hatto sinalgan ittifoqchilar ham ba’zida sizni noto‘g‘ri tushunishi mumkin. Pul va mulk masalasida o‘z tajribangiz va ichki sezgingizga tayaning. Kimningdir maslahati foyda berishi dargumon.
Tarozi (24.09 – 23.10)

Agar siz asossiz tavakkalchilikdan qochishga harakat qilsangiz va haddan tashqari ko‘p tavakkal qilmasangiz, kuningiz yaxshi o‘tadi. Ehtiyotkorlik bilan harakat qilgan ma’qul, ayniqsa, qandaydir muhim kasbiy maqsadlar haqida gap ketganda. Ishbilarmonlik sohasida noaniq vaziyat yuzaga kelmoqda.
Chayon (24.10 – 22.11)

Kun ish va boshqa foydali ishlar uchun qulay bo‘ladi. Ko‘plar ilgari uddalay olmagan ishlarni uddalaydi, hammani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan savollarga javob topadi. Bu yerda burj vakillariga ularning intuitsiyasi katta yordam beradi. Aynan u tufayli siz noaniq vaziyatda hammadan tezroq mo‘ljal olasiz va qanday qilib yaxshiroq harakat qilishni tushunasiz.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Jangovar holatga tayyorlaning: bugun siz juda kuchli raqiblar bilan jangga kirishingiz kerak. Ulardan ustun kelish uchun hiyla ishlatishga to‘g‘ri kelishi ham ehtimoldan xoli emas. Qanday yo‘l tutish, kimga ishonish, kimdan maslahat so‘rash kerakligini intuitsiya aytib turadi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Ko‘p ishlarni a’lo darajada uddalaysiz, ba’zi murakkab vazifalarni esa o‘ylaganingizdan ko‘ra tezroq hal qilasiz. Ochiqlik va jozibadorlik tufayli siz yangi ittifoqchilarni topasiz, qo‘llab-quvvatlashni istagan odamlarda yaxshi taassurot qoldirasiz. Ba’zilar ishga oid qiziqarli takliflarni oladi. Bunday hollarda javob berishga shoshilmagan ma’qul. Avval ko‘proq ma’lumot to‘plang, hammasini yaxshi va yomon tomonlarini taroziga solib ko‘ring.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)

Hech qayoqqa shoshilmang. Bu shunday kunlardan biriki, agar maqsadlar sari sekin va ishonch bilan borilsa, ortiqcha yugur-yugurlardan qochib, oqilona qarorlar qabul qilinsa, ularga erishish ancha oson bo‘ladi. Ko‘pchilikka ilgari olgan bilimlari asqotadi. Ular tufayli burj vakillari noaniq vaziyatlarni tezda hal qilishi mumkin bo‘ladi. Moliyaviy masalalarni hal qilishda intuitsiya yordam beradi: aynan uning yo‘l-yo‘riqlari sizni behuda xarajatlar, muvaffaqiyatsiz bitimlar va xaridlardan saqlaydi.
Baliq (19.02 – 20.03)

Hammasi ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Qiyinchiliklar siz umuman kutmagan joyda paydo bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda burj vakillarining o‘zini tuta bilishi qiyin bo‘ladi. Ammo his-tuyg‘ularingizni jilovlay olsangiz, o‘zingizni qanday tutish kerakligini tushunasiz. Kun davomida yoningizda ishonsa bo‘ladigan do‘stlaringiz bo‘ladi. Ulardan yordam va maslahat so‘rash kerak, ular kerak bo‘lganda kayfiyatingizni ko‘tarish yo‘lini topadi.