Narxlar tushdi: «Malika»da iPhone 17 modellari arzonlashdi

17-fevral 2026 15:08 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Temur Djanzakov

Temur Djanzakov

Muxbir t.jonizoqov@kursiv.media
iPhone 17 на «Малике»
Rasm: Apple

Fevral oyida «Malika» bozorida iPhone 17 narxlari sezilarli pasaydi. Sotuvchilarga ko‘ra, 2025-yil 15-oktabrga nisbatan ayrim modellarda narxlar $100–250 gacha arzonlashgan.

2025-yil 15-oktabrda iPhone 17 (256 GB) narxi $1250 dan boshlangan. 512 GB versiyasi esa $1550 dan sotilgan. 2026-yil 17-fevral holatiga ko‘ra, 256 GB model $1070–1100 atrofida, 512 GB versiya esa $1350 dan sotilmoqda.

17-fevralda iPhone 17 Pro (256 GB) narxi $1300–1400 oralig‘ida. iPhone 17 Pro Max (256 GB) esa rangiga qarab $1490–1590 turadi.

Pro Max’ning 512 GB versiyasi $1650–1860, 1 TB versiyasi $2130–2300, 2 TB versiyasi esa $2600–2900 narxda taklif qilinmoqda. iPhone 17 Air (256 GB)ni $970 ga sotib olish mumkin.

Sotuvchilarning aytishicha, relizdan keyingi dastlabki haftalardagi yuqori talab pasaygan.

«Reliz paytidagi kabi shov-shuv yo‘q. Ba’zi modellar, asosan qimmatroqlari uchun narxlar $100 ga va hatto $200-$250 ga arzonlashdi», — deya ta’kidlaydi ular.

Narxlarga ishlatilgan telefonlar paydo bo‘lishi ham ta’sir qilgan. Ayrim holatlarda ular yangi modellardan $300 gacha arzon sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qaysi smartfonlar brendi uzoqroq xizmat qilishi haqida xabar berilgandi. Tahlilchilarga ko‘ra, foydalanuvchilar telefonni avvalgidan uzoqroq ishlatmoqda va qurilmalarni almashtirish davri deyarli to‘rt yilga yetgan. 

Shuningdek