
Xitoyning Nio kompaniyasi 15-fevral kuni bir kunda 146,6 mingta batareya almashtirishni amalga oshirib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu natija Xitoy Yangi yili oldidan sayohat mavsumi boshlanishiga to‘g‘ri keldi.
Kompaniya 6-fevral kuni 100 mln dona batareya almashtirishni ham qayd etgan edi. Oradan atigi to‘qqiz kun o‘tib, yangi kunlik rekord yangilandi.
Nio butun Xitoy bo‘ylab 8,6 mingdan ortiq quvvatlash va batareya almashtirish stansiyalarini tashkil qilgan. Shundan 3,7 mingdan ziyodi maxsus swap stansiyalari. Magistrallar bo‘ylab 1 mingdan ortiq shoxobcha ishlamoqda. Tarmoq 9 ta shimol-janub, 11 ta sharq-g‘arb yo‘nalishini va 550 ta shaharni qamrab oladi.

Xitoy Transport vazirligi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, Yangi yil bayramida milliy avtomagistrallarda kunlik o‘rtacha 55 mln avtomobil harakatlanadi. Bu 2025-yilga nisbatan 4,5 foiz ko‘p.
Eng yuqori yuklama 22-fevralga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. O‘sha kuni yo‘llarda 71 mln avtomobil bo‘lishi mumkin. Bu odatdagi kundan qariyb ikki baravar ko‘p.
Hisobotda yangi energiya vositalari ulushi 22 foizga yetishi aytilgan. Bayram davomida har kuni o‘rtacha 12 mln elektromobil harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio Onvo L60 Black Knight $21 ming narxda sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.