O‘zbekistonda 2026-yildan O‘zbekiston–Xitoy ustaxonalari tashkil etiladi
eʼlon qilindi
2026-yilgi davlat dasturi doirasida

2026-yilgi davlat dasturi doirasida, Xitoy tajribasi asosida O‘zbekistondagi texnikumlarda O‘zbekiston–Xitoy ustaxonalarini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Joriy yilning 1-martga qadar ushbu ustaxonalar tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxati shakllantiriladi. Belgilangan texnikumlarda Xitoy tomoni bilan hamkorlikda ustaxonalarni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Natijada, O‘zbekistondagi 20 ta texnikumda O‘zbekiston–Xitoy ustaxonalari faoliyat yuritadi. Ushbu loyiha orqali yoshlarni kasbga o‘rgatish va ularning daromadini oshirish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston — Tojikiston yo‘nalishida ilk sinov konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.