Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Karim Egamqulov 87 yoshida vafot etdi

eʼlon qilindi
U 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar muallifi edi
Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Karim Egamqulov 87 yoshida vafot etdi
Foto: prezident matbuot xizmati

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, oliy ta’lim a’lochisi Karim Egamqulov 14-fevral kuni 87 yoshida vafot etdi. Shavkat Mirziyoyev marhumning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Karim Egamqulov turli yillarda Sirdaryo viloyati «Bilim» jamiyatida mas’ul kotib, Sirdaryo davlat pedagogika instituti prorektori lavozimlarida ishlagan. 1975–1987-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining Yangiyer filiali direktori bo‘lib faoliyat yuritgan.

Karim Egamqulov qishloq va suv xo‘jaligi ta’limini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. U 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va darsliklar muallifi edi.

Shuningdek, u malaka oshirish fakulteti dekani, kafedra mudiri va o‘quv markazi direktori sifatida ham samarali mehnat qilgan. So‘nggi yillarda ham jamoatchilik ishlarida faol qatnashib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev senator Mirakbar Rahmonqulov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.

Shuningdek