
Saida Mirziyoyevaning farmoyishi bilan prezident Administratsiyasida muhim kadr o‘zgarishlari amalga oshirildi. Bu haqda davlat yetakchisi matbuot kotibi ma’lum qildi.
Farmoyishga binoan, Yuliya Vasilyevna Risyukova prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov Riskuyovaning o‘rniga Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilxom Toxirovich Siradjev Administratsiyasidagi ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosarlik lavozimiga tayinlangan edi.