Samsung Galaxy S26 smartfonining «miyasi» qanday ishlaydi

17-fevral 2026 09:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 smartfonining «miyasi» qanday ishlaydi
Foto: Sammyfans

Samsung Galaxy S26 seriyasi Exynos va Snapdragon protsessorlari bilan chiqadi. Bu haqda Sammyfans nashri xabar berdi. Dastlabki testlarga ko‘ra, Exynos grafik unumdorligida ustunlik qilgan.

Basemark’ning In Vitro ray tracing testida Galaxy S26 8 262 ball to‘plagan. Bu Snapdragon 8 Elite Gen 5 o‘rnatilgan flagmanlardan 10% yuqori natija.

Yevropa bozorida modelga Exynos 2600 o‘rnatiladi. Chip tarkibida Xclipse 960 GPU ishlaydi. Grafik yadro AMD’ning RDNA 4 arxitekturasi asosida qurilgan.

Yangi chip 2nm SF2 GAA texnologiyasida ishlab chiqilgan. Shuningdek, HPB Heat Path Block qadoqlash usuli qo‘llangan. Bu issiqlik tarqalishini yaxshilaydi.

Manbalarga ko‘ra, Qualcomm ham HPB texnologiyasiga qiziqmoqda. Kelajakdagi Snapdragon 8 Elite Gen 5 avlodlarida ham shunga o‘xshash yechim bo‘lishi mumkin.

Narxlarga kelsak, AQShda Galaxy S26 narxi o‘zgarmasligi mumkin. Koreyada esa DRAM va NAND chiplar qimmatlashuvi sabab $70–$120 oshish ehtimoli bor.

Samsung 25-fevral kuni yangi Galaxy S26 seriyasini taqdim etadi. Savdolar 11-martdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Plus sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek