Skoda Kylaq avtomobili qanday xususiyatlar bilan yangilanadi

17-fevral 2026 16:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Skoda Kylaq avtomobili qanday xususiyatlar bilan yangilanadi
Foto: Skoda

Skoda Auto Hindistondagi ixcham SUV segmentida muvaffaqiyat qozongan Skoda Kylaq modelini yangilashga kirishdi. Bu haqda 32cars nashri ma’lum qildi. So‘nggi ikki yil ichida Kylaq 50 mingdan ortiq nusxada sotilgan.

Talab oshgani sababli Pune zavodida ishlab chiqarish quvvati 30 foizga kengaytirildi. Endilikda model birdaniga uchta yangi yo‘nalishda yangilanadi.

Birinchi yangilik bu Sportline versiyasi. U agressivroq dizayn, qoraytirilgan dekor elementlari, qoramtir optika va yangi disklar bilan ajralib turadi. Dvigatel o‘zgarishsiz qoladi, asosiy e’tibor tashqi ko‘rinishga qaratiladi.

Ikkinchi yangilik — CNG varianti. Gaz uskunasi mexanik uzatmaga ega versiyalar uchun dilerlik darajasida o‘rnatiladi. Kutilayotgan yoqilg‘i sarfi 1 kg gazga 25–30 km atrofida bo‘lishi mumkin. Bu Kylaq’ni segmentdagi eng tejamkor modellardan biriga aylantiradi.

Uchinchi yangilanish transmissiyaga taalluqli. Amaldagi 6 pog‘onali avtomat o‘rnini zamonaviy 8 pog‘onali avtomat egallashi kutilmoqda. Hozirda Kylaq mexanik va 6 bosqichli avtomat uzatma bilan taklif etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Skoda Epiq 2026 avtomobili haqida nimalar ma’lumligi haqida yozgan edi.

Shuningdek