
2025-yil davomida Telegram rekord darajada — 44 mln kanal va guruhlarni blokladi. Bu 2024-yildagi ko‘rsatkichdan deyarli 2,7 baravar yuqori, deya xabar bermoqda TASS.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, 15 va 16-fevral kunlarining o‘zida platforma qoidalarini buzgan jami 426 mingdan ortiq kanal va guruhlar o‘chirildi. Fevral oyidagi moderatorlar faoliyati eng yuqori cho‘qqisiga yetgan bo‘lsa-da, yilning absolyut rekordi 1-yanvarda qayd etilgan. O‘sha kuni deyarli 543 ming guruh bir kunda bloklangan edi.
2026-yil boshidan beri Telegram allaqachon 7,46 mlndan ortiq resursni bloklashga ulgurdi. Yanvar oyida ham yirik bloklash jarayonlari kuzatilgan — 23-yanvarda messenjer ma’muriyati bir kunda 300 mingdan ortiq guruhni o‘chirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada Telegram qariyb 140 ming dollar jarimaga tortilgan edi.