
«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 50-qismi voqealarga boy va keskin burilishlar bilan esda qoldi. 49-qism oxirida yuz bergan avtohalokatdan so‘ng Jihanning ahvoli og‘irligicha qoldi. U operatsiya stoliga yotqiziladi va jarayon kutilmagan xavf bilan yanada murakkablashadi.
Jihan hayot bilan o‘lim oralig‘ida kurashar ekan, Alya barcha kuchini uning sog‘ayishiga safarbar qiladi. 50-qismda Alya nihoyat Boran bilan nikohini tugatishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq bu qaror unga qimmatga tushadi. Boran Jihan Denizni Ejmelga olib ketish niyatida ekanini bildiradi. Bu esa Alyani butunlay bosim ostida qoldiradi. Boranning bu harakati ikki oila o‘rtasidagi ochiq qarama-qarshilikni boshlab beradi va katta to‘qnashuvga zamin yaratadi.
51-qism tizerida esa vaziyat yanada keskinlashadi. Sadakat va Ejmel yuzma-yuz keladi. Ejmel hamda Boran bolani olish uchun qorg‘onga bostirib kiradi. Jihan esa aniq talab qo‘yadi: Kichik Jihan onasiga qaytarilishi kerak, aks holda u «har qadam bosgan joyingizni jahannamga aylantiraman» deya tahdid qiladi. Bu gaplar kelasi qismda ochiq urush boshlanishidan darak beradi.
Yangi qismda tomoshabinlar Jihanning tirik qolishi yoki qolmasligi, Boran va Ejmelning keyingi qadamlarini, shuningdek, Alyaning o‘g‘lini saqlab qolish uchun qanday yo‘l tutishini ko‘rishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Uzoq shahar» serialidagi eng murakkab qahramon kimligi haqida ma’lumot berilgandi.