
Vivo kompaniyasi Vivo V60 Lite 4G smartfonining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.

Platforma va chip xususiyatlari
Mazkur SoC dekabr oyida e’lon qilingan bo‘lib, dastlabki V60 Lite 4G versiyasi 2023-yilda taqdim etilgan Snapdragon 685 chipiga asoslangan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Snapdragon 6s 4G Gen 2 aslida Snapdragon 685’ning yangilangan talqini hisoblanadi.
Qualcomm rasmiy saytida bu chip hali joylashtirilmagan, ammo mustaqil manbalar unda Cortex-A73 va Cortex-A55 yadrolari ishlatilganini, faqat chastotasi biroz oshirilganini bildiradi. 6 nm texprotsess va Wi-Fi 5 qo‘llovi ham platformaning yangi emasligini tasdiqlaydi.

Texnik xususiyatlari
Smartfonning qolgan texnik ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan. Qurilma 6,77 dyuymli FHD+ AMOLED displeyga ega bo‘lib, yangilanish chastotasi 120 Gsni tashkil etadi. U MIL-STD-810H mustahkamlik standartiga javob beradi va IP65 darajasida suv hamda changdan himoyalangan. Model 8/256 GB xotira, 50 megapikselli kamera va 6500 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Narxi $340 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X300 Max smartfoni katta batareya bilan taqdim etilishi haqida yozgan edik.