
Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra smartfonlarining global taqdimot sanasi hamda Yevropa bozori uchun narxlari oshkor bo‘ldi. Dealabs nashriga ko‘ra, qurilmalar 28-fevral kuni Yevropa va boshqa global bozorlarda rasman namoyish etiladi.
Yangi hisobotga ko‘ra, ikkala model ham Yevropada avvalgi avlod bilan bir xil narxda sotuvga chiqadi.
Xiaomi 17 narxlari (Yevropa):
- 12/256 GB — 999 yevro;
- 12/512 GB — 1 099 yevro.
Model qora, Venture Green, Ice Blue va Alpine Pink ranglarda taklif etiladi.
Xiaomi 17 Ultra narxlari (Yevropa):
- 16/512 GB — 1 499 yevro;
- 16 GB / 1 TB — 1 699 yevro.
Ultra versiyasi qora, oq va Starlit Green ranglarda sotuvga chiqadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, global versiyalar Xitoydagi modellar bilan deyarli bir xil bo‘ladi. Biroq batareya sig‘imida farq bo‘lishi kutilmoqda.
Yevropa uchun Xiaomi 17 modeli 6 330 mA/soat batareya bilan (Xitoyda 7 000 mA/soat), Xiaomi 17 Ultra esa 6 000 mA/soat batareya bilan (Xitoyda 6 800 mA/soat) taqdim etilishi aytilmoqda. Rasmiy taqdimotdan so‘ng texnik tafsilotlar va sotuv boshlanish sanalari aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi uchun alohida magnitli kamera va obyektivlar ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Manba qaysi brend ekanini aniq aytmagan, biroq eng asosiy nomzod sifatida Xiaomi tilga olinmoqda. O‘tgan yili kompaniya Xiaomi 15 seriyasi bilan birga modulli optik tizimni namoyish qilgan edi.