
O‘zbekistonda yangilangan Chevrolet Cobalt savdoga chiqqandi. Zavod ma’lumotiga ko‘ra, modelga 43 ta yangi funksiya qo‘shilgan. You Tube’dagi DiyorUz1 kanali model bilan video e’lon qilgan edi.
Eng asosiy yangilik — aqlli sensorli monitor. Oldingi oddiy multimedia o‘rniga kattaroq sensorli ekran o‘rnatilgan. Tizim tezkor ishlaydi va interfeys yangilangan.

Old panel dizayni ham o‘zgargan. Tablo ko‘rinishi Chevrolet Malibu uslubiga yaqinlashtirilgan. Salon ko‘rinishi zamonaviyroq bo‘lgan.
Rul endi multirol. Ya’ni audio va boshqa funksiyalarni rul orqali boshqarish mumkin. Bu haydash paytida qulaylik beradi.
Ichki qoplamalar yaxshilangan. Old panel va yon detallarda sifatli materiallar ishlatilgan. Oldingi mato salon o‘rniga teridan foydalanilgan.

Tashqi ko‘rinishda ham o‘zgarish bor. Orqa qism dizayni biroz yangilangan. Old qismdagi ayrim xrom elementlar qora rangga almashtirilgan. Bu avtomobilga sportcha ruh beradi.
Texnik tomondan ham yangilanishlar bor. Bord kompyuteri takomillashtirilgan. Avval foydalanuvchilar shikoyat qilgan ayrim xatolar bartaraf etilgan.
ABS tizimi yangilangan. Tormoz samaradorligi oshirilgani, konditsioner yoqilgan holatda ham tormoz barqaror ishlashi ta’kidlanmoqda. Sovitish va xavfsizlik tizimlari optimallashtirilgan.
Narxlar qanday
«UzAuto Motors» kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomobilining ikki yangi komplektatsiyasini taqdim etgan. Yangi modellarning tavsiya etilgan chakana narxlari quyidagicha:
- Cobalt Style MCM – 156 100 000 so‘m;
- Cobalt Midnight MCM – 165 200 000 so‘m.
Kursiv Uzbekistan nashri yangi Chevrolet Cobalt bilan test-drayv qanday o‘tgani haqida yozgan edi.