19-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
18-fevral kuni 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil qilgan edi
dollar
Foto: Depositphotos

19-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 5,38 so‘mga tushib, 12 132,48 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

11-fevral kuni dollar 10,35 so‘mga tushib, 12 309,99 so‘mni, 12-fevral kuni esa 22,68 so‘mga tushib, 12 287,31 so‘mni tashkil etdi. 13-fevral uchun dollar 11,73 so‘mga tushib, 12 275,58 so‘mga yetgandi. 16-fevral kuni dollar 54,6 so‘mga tushib, 12 220,98 so‘mni, 17-fevral kuni esa 29,68 so‘mga tushib, 12 191,30 so‘mni, 18-fevral kuni 53,44 so‘mga tushib, 12 137,86 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 19,72 so‘mga tushib, 14 360 so‘mni, rubl 0,96 so‘mga oshib, 159,09 so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi. 

Shuningdek