Avto

72 ot kuchiga ega «Jiguli» eski Damas narxida sotilmoqda

Moskvada Lada Riva Estate
72 ot kuchiga ega «Jiguli» eski Damas narxida sotilmoqda
Foto: Auto.ru

Moskvada Lada Riva Estate («Jiguli» oilasiga kiradi) universal avtomobili sotuvga qo‘yildi. Auto.ru nashriga ko‘ra, ushbu model Buyuk Britaniya bozori uchun ishlab chiqarilgan va rul o‘ng tomonda joylashgan.

Avtomobil 38 yoshda bo‘lgani sababli uni kolleksionerlar uchun noyob nusxa deb baholash mumkin. Riva Estate aslida VAZ-2104 ning eksport varianti hisoblanadi. Texnik jihatdan u standart: 1,5 litrli, 72 ot kuchiga ega dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Ekran tasviri

Hozirda avtomobil Yaponiyaning Hayashi Techno Racing disklariga o‘rnatilgan. Sotuvchining aytishicha, mashina asosan sobiq SSSR davridagi yangi ehtiyot qismlar bilan qayta yig‘ilgan. Zamonaviy detallardan foydalanilgan bo‘lsa-da, ularning ulushi juda kam.

Avtomobil uchun $8,5 ming so‘ralmoqda. Bu O‘zbekiston sharoitida deyarli eski Damas narxiga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 700 ot kuchiga ega noyob «Volga» qariyb 4 ta Malibu narxida sotuvga chiqqani haqida xabar berilgandi.