Chevrolet Spark elektromobili qanday kamchiliklarga ega

18-fevral 2026 17:53 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Spark elektromobili qanday kamchiliklarga ega
Foto: Chevrolet

Bir qancha Lotin Amerikasi davlatlarida Chevrolet Spark elektromobili sotuvga chiqqan. Model ixcham o‘lchamlari va yashil iste’molda yurgani uchun ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida avtomobilning eski versiyalarida kuzatilgan xatolar haqida so‘z boradi.

Mundarija:

Real masofa

Foto: Chevrolet

Rasmiy EPA ko‘rsatkichi 82 mil, ya’ni taxminan 132 km deb ko‘rsatilgan. Ammo 70 mph, ya’ni qariyb 113 km/soat tezlikda real masofa 60–65 mil, ya’ni 96–105 km atrofida qolishi mumkin. Issiqda konditsioner yoqilganda yoki sovuqda pech ishlaganda bu ko‘rsatkich yanada kamayadi.

Shahar rejimida esa Spark EV o‘zini ancha yaxshi tutadi. Past tezliklar va regenerativ tormozlash tufayli ba’zan 90–100 mil, ya’ni 145–160 km gacha natija qayd etilgan. Demak, u asosan shahar harakati uchun yaratilgan model hisoblanadi.

Foto: Chevrolet

Magistral yo‘lda esa energiya iste’moli keskin oshadi. Yuqori tezlik batareyani tezroq bo‘shatadi. Bu esa uzoq safarlarda marshrut va zaryad nuqtalarini oldindan rejalashtirish zaruratini tug‘diradi.

Zaryadlash

Spark EV’ning eng katta kamchiligi zaryadlash tezligi. 240V orqali to‘liq zaryad taxminan 7 soat davom etadi. Oddiy 120V rozetkada esa 20 soatgacha vaqt ketishi mumkin.

DC tez zaryad barcha avtomobillarda standart emas. Bo‘lsa ham 0 dan 80 foizgacha taxminan 20 daqiqa deyiladi. Ammo bu stansiya quvvati va haroratga kuchli bog‘liq.

Amaliy muammolar ham qayd etilgan. Ayrim hollarda DC port qulfi tiqilib qolishi sabab kabel ajralmay qolishi mumkin. Bu esa servis aralashuvini talab qiladi.

Texnika

2014 modelida 105 kW quvvat va juda yuqori moment mavjud edi. Batareya sig‘imi 21 kWh atrofida. 2015-yildan batareya arxitekturasi yangilandi. Sig‘im 19 kWh bo‘ldi, og‘irlik kamaydi, lekin rasmiy masofa o‘zgarmadi.

Foto: Chevrolet

Texnik jihatdan qiziqarli bo‘lsa ham, kichik sig‘im bugungi standartlar bilan juda cheklangan hisoblanadi.

Ichki makon va ergonomika

Foto: Chevrolet

Salon soddaligi bilan ajralib turadi. Rul teleskopik sozlamaga ega emas. Multimedia ekrani ba’zan teginishni qabul qilmay qolishi mumkin.

Orqa o‘rindiqlar batareya joylashuvi sabab tekis buklanmaydi. Yukxona benzinli versiyaga qaraganda kichikroq.

Bu esa uni yagona oilaviy avtomobil sifatida tanlashni murakkablashtiradi.

Xavfsizlik muammolari

Foto: Chevrolet

Airbag va pretensioner boshqaruv modulida dasturiy muammolar aniqlangan. Ayrim holatlarda xavfsizlik yostiqchalari to‘liq ishlamasligi xavfi borligi sababli qaytarib olish e’lon qilingan. Keyinchalik ayrim avtomobillarda yangilanish to‘liq bajarilmagani aniqlanib, ikkinchi recall chiqarilgan.

Shuningdek, kapot qulfi korroziyasi va dasturiy cheklovlar sabab quvvat kamayib ketishi kabi muammolar ham qayd etilgan. Bu Spark EV’ni shunchaki «arzon elektromobil» emas, balki tekshiruv talab qiladigan modelga aylantiradi.

Foto: Chevrolet

Esklatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Spark elektromobili qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek