Hyundai va Kia elektromobillari tortish kuchini yo‘qotmoqda

18-fevral 2026 10:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hyundai va Kia elektromobillari tortish kuchini yo‘qotmoqda
Foto: Kia

AQShda Hyundai va Kia’ning bir qator elektromobillarida ICCU bloki bilan bog‘liq muammo aniqlandi. Bu haqda «Tarantas News» ma’lum qildi. ICCU 12 voltli batareyani zaryadlash uchun javob beradi.

Consumer Reports ma’lumotiga ko‘ra, muammo eng ko‘p Hyundai Ioniq 5 modelida kuzatilgan. Shuningdek, Hyundai Ioniq 6, Hyundai Ioniq 9, Kia EV6, Kia EV9 va Genesis GV60 avtomobillarida ham shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Hyundai va Kia elektromobillari egalari orasida 2 foizdan 10 foizgacha foydalanuvchi ICCU bilan bog‘liq nosozlikka duch kelgan. 2023 – 2025-yillardagi boshqa elektromobillarda bu ko‘rsatkich 1 foiz yoki undan kam.

Foto: Kia

Nosozlik paytida panelda ogohlantiruvchi yozuv paydo bo‘ladi. Quvvat kamayadi yoki avtomobil butunlay tortish kuchini yo‘qotishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar chaqirib olish kampaniyasini e’lon qilgan va yetkazib beruvchilar bilan ishlamoqda. Shunga qaramay, yangi shikoyatlar tushishda davom etmoqda.

Agar charging error xabari chiqsa, egalar dilerga murojaat qilishi tavsiya etiladi. Agar avtomobil avariya rejimiga o‘tsa, harakatni to‘xtatish va evakuator chaqirish kerak.

Shu bilan birga, Consumer Reports sinovlarida Ioniq 5 ko‘rsatkichlari Tesla Model Y dan yuqori baholangan. Biroq takroriy nosozliklar brend ishonchliligi reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai Tesla uslubidagi modelni ishlab chiqarishga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek